Qozog‘iston regulyatori Toncoin kriptovalyutasi bilan savdo qilishni ma’qulladi

Qozog‘iston regulyatori Toncoin kriptovalyutasi bilan savdo qilishni ma’qulladi

Qozog‘iston moliya bozori regulyatori Toncoin raqamli aktivini lisenziyalangan savdolar uchun ma’qulladi, deb xabar berdi Ostona xalqaro moliya markaziga (OXMM) tayanib Spot.

Qaror Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi (AFSA) tomonidan «Toncoin'ning belgilangan standartlarga muvofiqligini har tomonlama ko‘rib chiqish» natijasida qabul qilindi. Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi Ostona xalqaro moliya markazida moliyaviy xizmatlarni nazorat qilish uchun tashkil etilgan mustaqil tartibga soluvchi organdir.

Endi investorlar Toncoin kriptovalyutasini AFSA lisenziyasiga ega platformalarda erkin savdo qilishlari mumkin.

Toncoin’ning OXMM tomonidan tartibga solinadigan muhitga qo‘shilishi xavfsiz va shaffof savdo imkoniyatlarini izlayotgan institusional va chakana investorlarning yangi to‘lqinini jalb qilishi kutilmoqda.

Bu qaror Pavel Durovning Qozog‘istonga tashrifi chog‘ida qabul qilindi. Qozog‘istonning raqamli rivojlanish, innovasiyalar va aerokosmik sanoati vaziri Jaslan Madiyev Pavel Durov respublikaga departament taklifiga binoan tashrif buyurganini ta’kidladi.

«Biz inson kapitali va ta’limga katta e’tibor beramiz. Hozir fikr almashyapmiz. Bizda ko‘rsatadigan narsalarimiz bor. O‘ylaymanki, u bizdan ham nimadir olib, tendensiyalarni o‘rgana oladi», — deya izoh berdi vazir.

Toncoin — bu The Open Network (TON) blokcheyn platformasida yaratilgan kriptovalyuta. Dastlab, loyiha Telegram Open Network deb nomlangan va Telegram tomonidan blokcheyn platformasi sifatida ishlab chiqilgan. Endilikda Toncoin TON tarmog‘ida raqamli aktiv sifatida ishlatilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!