Joriy iyul oyi harorat rejimi bo‘yicha me’yor atrofida bo‘lishi kutilmoqda

Joriy iyul oyi harorat rejimi bo‘yicha me’yor atrofida bo‘lishi kutilmoqda

O‘zgidromet prognozlariga ko‘ra, iyul oyi qulay ob-havo sharoitlar bilan boshlanib, so‘ngra iyul oyi harorat tartibi bo‘yicha me’yorga yaqin bo‘lishi kutilmoqda. Oyning katta qismida havo harorati +35ºS +40ºS atrofida, janubda va cho‘l hududlarda +41ºS +43ºS gacha o‘zgaradi. Faqat ayrim kunlarda harorat bu qiymatlardan 2-3 darajaga yuqori bo‘lishi mumkin.

O‘zbekiston hududining katta qismida o‘rtacha 40ºS va undan yuqori haroratli iyul oyida juda issiq kunlar soni 2 kundan 5 kungachani, shimolda 6-8 kunni, janubda va cho‘l hududlarda 12-15 kunni tashkil etadi. So‘nggi yillarda bunday issiq kunlar sonining ko‘payishi tendensiyasi kuzatilmoqda.

Respublikda eng issiq oy bu, iyul oyi hisoblanadi. Va hududlarda barcha issiqlik rekordlari aynan shu oyda kuzatilgan. Masalan, 1983-yil Qizilqumda +50ºS issiq harorat hamda Toshkentda 1997 yildagi +44,6ºS eng issiq rekord haroratlar ham aynan iyulda ro‘yxatga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!