Endi pandemiya jinoyatlari bilan alohida polisiya bo‘linmasi shug‘ullanadi

Endi pandemiya jinoyatlari bilan alohida polisiya bo‘linmasi shug‘ullanadi

Evropa Ittifoqi COVID-19 pandemiyasi sharoitidagi iqtisodiy tanglik davrida qurilish, mehmonxona biznesi, turizm kabi sohalarda jinoyatlar avj olishini bashorat qilmoqda. Yevropa Ittifoqining politsiya xizmati – “Evropol” tasarrufida shu kabi moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish uchun yangi markaz tashkil etildi.

Bu markaz koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy inqirozda moliyaviy jinoyatlarning kutilayotgan o‘sishini bartaraf etish bilan shug‘ullanadi.

“COVID-19 pandemiyasi iqtisodiyotimizni og‘irlashtirdi va jinoyatchilik uchun yangi zamin hozirladi”, – deydi “Evropol” rahbari Ketrin de Bolle. Tashkilotning tvitterdagi sahifasida esa: “Jinoyatchilarning asosiy maqsadi – moliyaviy foyda olish. Uyushgan jinoyatchilikka qarshi samarali kurashish uchun pulni noqonuniy aylanishdan saqlashimiz va firibgarlarga topshirib qo‘ymasligimiz kerak. Shu sababli “Evropol” “Evropa moliyaviy va iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurash markazi”ni tashkil etmoqda”, – deya izoh qoldirilgan.

Markazga 65 nafar ekspert jalb qilingan va ular Ittifoqqa a’zo 27 mamlakatda moliyaviy jinoyatchilikka qarshi kurashadi. Guruh asosiy e’tiborini pandemiya oqibatlarini bartaraf etish uchun berilgan subsidiyalarga, tibbiy vositalar va qurilmalar bilan bog‘liq moliyaviy firibgarliklarga qaratishi ma’lum qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!