Elmira Bositxonova Tanzila Norboyeva ishdan bo‘shatgan xodimni o‘ziga o‘rinbosar qilib oldi

Elmira Bositxonova Tanzila Norboyeva ishdan bo‘shatgan xodimni o‘ziga o‘rinbosar qilib oldi

Xotin-qizlar qo‘mitasi (XQQ) raisi Elmira Bositxonova o‘ziga yangi (aslida eski) xodimini o‘ziga maslahatchi va o‘rinbosar etib tayinlagan.

Tanzila Norboyeva XQQ raisi bo‘lganda birinchilardan bo‘lib matbuot kotibi Guljamol Asqarovni (suratda) ishdan haydagandi. Elmira Bositxonova esa eski matbuot kotibini yana lavozimiga qaytargan.

Prezident qaroriga ko‘ra, endi axborot xizmatlari rahbarlari davlat organi yoki tashkilotining axborot siyosati masalalari bo‘yicha rahbarning maslahatchisi maqomiga ega bo‘lgan va mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shartlariga ko‘ra o‘sha rahbarning o‘rinbosariga tenglashtirilgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!