Elmira Basitxanova yana Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari bo‘ldi

Elmira Basitxanova yana Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari bo‘ldi

Mamlakatimiz Prezidentining joriy yil 3 iyuldagi  tegishli qaroriga asosan Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga Basitxanova Elmira Irkinovna tayinlandi.

E.Basitxanova 1958 yilda tug‘ilgan. 1981 yilda Toshkent davlat tibbiyot instituti (hozirgi Toshkent tibbiyot akademiyasi)ni tamomlagan, tibbiyot fanlari doktori. 

Tayinlovga qadar Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasida faoliyatini boshlagan va ko‘p yillar bosh shifokor sifatida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, so‘ng Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. Ayni paytga qadar O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!