Elektr toki qimmatga tushdi

Elektr toki qimmatga tushdi

MIB Romitan tumani bo‘limi xodimlari tomonidan 14.09.2019 yilda Romitan tuman “Tarnaut” MFY “Qatag‘on” qishlog‘ida yashovchi B.Amonovning yashash uyida o‘tkazilgan monitoring tekshirishda, B.Amonov elektr hisoblagichni yashirin ravishda chetlab o‘tgan holda umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga  1 dona 0,75 kVt/soat “SHIMGE” rusumli suv nasosi, 1 dona 1,0 kVt/soat “ROYAL” rusumli suv nasosi, 3 dona jami 4,14 kVt/soat “GREE” rusumli kondisionerlar, 1 dona 0,9 kVt/soat “LG” rusumli kir yuvish mashinasini ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganligi natijasida davlat manfaatlariga jami 28.298.866 so‘mlik ancha miqdorda zarar yetkazgani aniqlandi.

Fuqaro B.Amonov o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganligi, belgilangan muddat ichida 28.298.866 so‘mlik yetkazilgan moddiy zararni qoplaganligi va jinoyat oqibatlarini bartaraf etganligi munosabati unga nisbatan to‘plangan hujjatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-prosessual kodeksining 84-moddasi 1-qismi 8-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishdan rad qilindi.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!