DXX: Sirdaryoda 34,3 mlrd. so‘mlik elektr energiyani talon-toroj qilgan mayning ferma aniqlandi

DXX: Sirdaryoda 34,3 mlrd. so‘mlik elektr energiyani talon-toroj qilgan mayning ferma aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, viloyat ichki ishlar boshqarmasi, “O‘zenergoinspeksiya” hamda “Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy mayning ferma faoliyatiga chek qo‘yildi.

Xususan, Sirdaryo tumanidagi chorvachilikka ixtisoslashgan mas’uliyati cheklangan jamiyat binosida xorijdan keltirilgan jami 107 dona “INNOSILICON T3”, “Whatsminer M21S” va “ANTMINER S9 BITMAIN” qurilmalaridan foydalanib, kriptovalyuta ishlab chiqarish bilan shug‘ullanilgan.

Aniqlanishicha, ushbu maqsadda 2022 yilning aprel oyidan 2024 yilning mart oyiga qadar MCHJga qarashli elektr hisoblagichning ikkilamchi zanjirini vaqti-vaqti bilan uzib, haqiqatda oqib o‘tayotgan quvvatni yashirish orqali hisoblagich ko‘rsatkichini sun’iy kamaytirish yo‘li bilan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilishi natijasida davlat manfaatlariga 34 mlrd. 367 mln. so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

Agarda MCHJ rahbarlari tomonidan talon-toroj qilingan 39,3 mln. kVt elektr energiyasidan oqilona foydalanilganida, viloyatning Boyovut, Sardoba, Oqoltin va Guliston tumanlari aholisining bir oylik ehtiyojini qoplash mumkin edi.

Hozirda MCHJning mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!