DXX noqonuniy diniy ta’lim berish holatiga chek qo‘ydi

DXX noqonuniy diniy ta’lim berish holatiga chek qo‘ydi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarining Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida poytaxtimizining Uchtepa tumanidagi masjidlarning birida mutavalli bo‘lib ishlovchi, 1989 yil Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan, o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan shaxs o‘zining vaqtincha yashash manzilida joriy yilning sentyabr oyidan buyon 4 nafar voyaga yetmagan bolaga noqonuniy tarzda diniy saboq berib kelayotganligi aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Samarqand viloyatida va Toshkent shahrida tug‘ilgan bolalarning uch nafari 6 yoshli bo‘lib, hali ular umumta’lim maktabiga o‘qishga bormagan, to‘rtinchisi esa Samarqand viloyati Payariq tumanidagi maktablarning birida 5-sinf o‘quvchisi hisoblanadi.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi. Nima uchun Payariq tumanidagi maktab rahbariyati o‘z o‘quvchisining uzoq muddat darslarga kelmasligiga e’tibor bermagan.

Bolalar mazkur shaxs ijarada turgan uyning xonalaridan birida yashashgan va diniy saboq olishgan. Buning uchun ularning ota-onalari har oy 900-950 ming so‘m miqdorida pul to‘lashgan.

Ta’kidlash lozimki, diniy ta’limga ega ekanligi haqida hech qanday hujjati bo‘lmagan shaxs o‘qitish jarayonida bolalarga nisbatan jismoniy jazolar qo‘llagan.  


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!