Dunyoning arzon xizmat ko‘rsatuvchi eng yaxshi aviakompaniyalari ma’lum qilindi

Dunyoning arzon xizmat ko‘rsatuvchi eng yaxshi aviakompaniyalari ma’lum qilindi

Malayziyaning AirAsia loukosteri Britaniyaning Skytrax marketing kompaniyasi versiyasiga ko‘ra dunyoning arzon xizmat ko‘rsatuvchi eng yaxshi aviakompaniyalari reytingiga etakchilik qilmoqda. 

2-o‘rinni Britaniyaning easyJet, 3-o‘rinni esa Norvegiyaning Norwegian aviakompaniyalari egallagan. 

Etakchi o‘ntalikka AQShning Southwest Airlines, Malayziyaning AirAsiaX, Avstraliyaning Jetstar Airways, Kanadaning WestJet, Hindistonning Indigo, Irlandiyaning Ryanair va Germaniyaning Eurowings aviakompaniyalari ham kirgan. 

Avvalroq ma’lum qilinganidek, Skytrax talqiniga ko‘ra, 2019 yilning eng yaxshi aviakompaniyalari reytingining eng yuqori pog‘onasini Qatarning Qatar Airways aviakompaniyasi egallagandi. 2-o‘rinni Singapurning Singapore Airlines, 3-o‘rinni Yaponiyaning ANA All Nippon Airways aviakompaniyalari egallagan. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!