Dunyodagi ikkinchi eng baland cho‘qqi birinchi marta qishda zabt etildi

Dunyodagi ikkinchi eng baland cho‘qqi birinchi marta qishda zabt etildi

Alpinistlar birinchi marta qishda “K2” nomi bilan tanilgan sayyoradagi ikkinchi eng baland cho‘qqi - “Chogori” (balandligi 8611 metr)ga ko‘tarilishga muvaffaq bo‘lishdi, deb xabar qilmoqda “BBC”.

Ma’lum qilinishicha, ilk qishki ko‘tarilishni nepallik o‘n nafar alpinistlar jamoasi amalga oshirgan. Ulardan biri - Nimsday Purja o‘zining Instagram sahifasida cho‘qqidan turib olingan fotosurat bilan bo‘lishgan.

"Mumkin bo‘lmagan narsa mumkin. Biz insoniyat tarixining bir qismi ekanligimizdan faxrlanamiz. Hamkorlik, jamoaviy ish va ijobiy munosabat barcha cheklovlarni yengib o‘tishi mumkin", deb yozgan Purja.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!