Dunyodagi eng yirik neft konida yong‘in yuz berdi

Dunyodagi eng yirik neft konida yong‘in yuz berdi

Kuvayt janubida joylashgan dunyodagi eng yirik Katta Burgan neft konida yong‘in yuz berdi. Bu haqda Kuvayt davlat yangiliklar agentligi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, yong‘in oqibatida ikki kishi jabrlangan.

Qayd etilishicha, sodir bo‘lgan yong‘in zudlik bilan nazoratga olingan. Jabrlanganlar kon ishchilari bo‘lgan.

Dunyodagi qazib olinuvchi neft zaxiralarining 5 foizdan ko‘prog‘i va Kuvaytdagi tasdiqlangan neft zaxiralarining 75 foizdan ortig‘i Katta Burgan konida yig‘ilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!