Dunyodagi 52 mamlakatda ham "Sputnik V" vaksinasi ro‘yxatdan o‘tkazildi

Dunyodagi 52 mamlakatda ham "Sputnik V" vaksinasi ro‘yxatdan o‘tkazildi

19 mart kuni Filippin davlatida Rossiyaning "Sputnik V" vaksinasi ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu bilan dunyoda rus vaksinasiga yashil chiroqni ko‘rsatgan mamlakatlar soni 52 taga yetdi.

15 mart kuni Fillippinda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha so‘nggi yetti oydagi eng yuqori kunlik ko‘rsatkich qayd etildi. Shuning uchun mamlakat hukumati 20 martdan boshlab xorijliklar uchun chegaralar yopilishi, shuningdek, mamlakat fuqarolariga ham ichkariga kirishda cheklovlar qo‘llanilishini ma’lum qilgandi.

Sputnik V vaksinasini ishlab chiqishni qo‘llab-quvvatlagan Rossiya investisiyalar fondining xabar qilishicha, ushbu vaksinadan Filippinda favqulodda foydalanish uchun ruxsat berilgan. Ushbu fondning bosh direktori Kirill Dmitriyev filippinliklar Sputnik V vaksinasiga birinchilardan bo‘lib qiziqish bildirganini ham aytib o‘tdi.

Rossiya o‘tgan yilning avgust oyida Sputnik V vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazgandi. O‘sha paytda bu vaksina katta hajmdagi sinovlardan hali o‘tib ulgurmagandi. Ammo, keyinchalik Lancet jurnalida ushbu vaksinaning koronavirusning oldini olishda 90 foiz samara bergani xabar qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!