Diqqat! Qoraqalpog‘istonga borib ishlaganlarga uy, mashina, imtiyozli kredit beriladi

Diqqat! Qoraqalpog‘istonga borib ishlaganlarga uy, mashina, imtiyozli kredit beriladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan qaror loyihasida ushbu maqsadlar ta’kidlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog‘iston Respublikasining olis va yetib borish qiyin bo‘lgan hududlaridagi tibbiyot muassasalarida kadrlar ta’minotini yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida gi qarori 2019 yilning 4 mart kuni Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.

Qaror loyihasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining olis va yetib borishi qiyin bo‘lgan hududlaridagi tibbiyot muassasalarida kadrlar ta’minotini va salohiyatini oshirish maqsadida ularni moddiy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan quyidagi shartlar belgilanmoqda:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjet daromadlari rejasi ortig‘i bilan bajarilishi qismi hisobidan olis va yetib borishi qiyin bo‘lgan hududlarga ishga borgan mutaxassislarni 10 yil ishlab berish sharti bilan uy-joy bilan ta’minlash va 10 yildan keyin xususiylashtirib berish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining mahalliy byudjetning prognozga nisbatan oshirib bajarilgan qismi hisobidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining olis va yetib borishi qiyin bo‘lgan hududlaridagi tibbiyot muassasalari xodimlariga yengil avtomobillar va maishiy texnikalar sotib olish uchun iste’mol kreditlari ajratish maqsadida tijorat banklariga yillik 10 % miqdorida 5 yil muddatga depozit mablag‘larini joylashtirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanmoqda.

Tijorat banklari tomonidan ushbu depozit mablag‘lari hisobidan kredit berish sanasida O‘zbekistan Respublikasi Markaziy bankining amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida quyidagi shartlar asosida iste’mol kreditlari ajratilishi belgilanmoqda:

yengil avtomobillar sotib olish uchun:

kredit muddati - 5 yilgacha;

kredit bo‘yicha imtiyozli davr 6 oy;

dastlabki badal - sotib olinadigan avtotransport vositasi qiymatining kamida 15 foizi miqdorida;

maishiy texnikalar sotib olish uchun:

kredit muddati - 3 yilgacha;

kredit bo‘yicha imtiyozli davr 3 oy.

O‘zavtosanoat AJga Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan taqdim etiladigan tibbiyot xodimlar ro‘yxati asosida ular tomonidan tijorat banklari kreditlari hisobiga mamlakatda ishlab chiqarilgan yengil avtotransport vositalarini sotib olishda ko‘maklashish tavsiya etilmoqda.​​

O‘zA


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!