Dahshat! Noma’lum shaxslar to‘y qilish maqsadida 20 yil oldin o‘lgan qizning murdasini qabridan chiqarib olishdi

Dahshat! Noma’lum shaxslar to‘y qilish maqsadida 20 yil oldin o‘lgan qizning murdasini qabridan chiqarib olishdi

Dahshat! Noma’lum shaxslar to‘y qilish maqsadida 20 yil oldin o‘lgan qizning murdasini qabridan chiqarib olishdi

Noma’lum shaxslar qabrdan 20 yil muqaddam vafot etgan 18 yashar qizning tanasini qazib olishdi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.

Hodisa Xitoyning Xebey viloyatida sodir bo‘lgan.

Jinoyatchilar voqea joyida bir juft qo‘lqop qoldirishgan, xolos. Hozirda polisiya ularni izlamoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Xitoyda bir e’tiqod bor. Unga ko‘ra, o‘lganlar keyingi hayotda yolg‘iz qolmasliklari uchun bu hayotda oila qurgan bo‘lishlari kerak. Shuning uchun bu yerda jasadlarning ko‘pincha o‘limidan so‘ng qazib olinishi unchalik ham qo‘rqinchli emas. Aytish kerakki, bu hodisa, albatta, ikki tomonning roziligi bilan sodir bo‘ladi. Ammo e’tiqodga amal qilish uchun marhumlarning jasadlarini sotib olish holatlari ham kuzatiladi. Ma’lum bo‘lishicha, marhum kelinlarning narxi o‘n minglab dollarni tashkil etadi.

Jabrlanganlar voqeadan bir necha kun oldin ularning yoniga bir oila kelib, qizining jasadini shunday marosim sabab ularga berib turishlarini iltimos qilishganini ta’kidlashdi. Ammo marhumaning ota-onasi rad javobini berishgan. Ko‘rinishidan, jinoyatchilar o‘z rejalarini ota-onaning irodasiga qarshi amalga oshirishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!