Buxorodagi noodatiy savdo: bu salomatlik uchun xavfli emasmi?

Buxorodagi noodatiy savdo: bu salomatlik uchun xavfli emasmi?

Yurtimizda muqaddas qadamjo va ziyoratgohlar ko‘p. Keyingi yillarda ichki turizm rivojida muhim ahamiyatga ega ushbu tabarruk maskanlar yanada obod etilib, ziyoratchilar uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Ma’lumki, aksariyat ziyoratgohlarda buloq bor va xalqimiz orasida o‘sha yerning suvi o‘zgacha xislatga ega ekani bilan qadrlanadi.

Buxorodagi Yetti pir ziyoratgohida buloq suvi uchun salqin ichimliklardan bo‘shagan yelim idish, ya’ni baklajka sotilar ekan, deb yozmoqda  O‘zA.

Savol tug‘iladi: qayta ishlov berilmagan, nosanitar holatdagi idishlar sovdosiga ruxsat berish o‘rinlimi? Shifo istab olingan suv aks ta’sir berib, odamlar salomatligiga xavf solmaydimi?


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!