Buxoroda koronavirus nega tez tarqalganiga izoh berildi

Buxoroda koronavirus nega tez tarqalganiga izoh berildi

Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazilgani xabar berilgandi.

Unda «Buxoroda nimalar bo‘lmoqda? Nega virus yuqtirganlar soni birdaniga 19 tadan 84 nafarga oshib ketdi?» degan savol berildi. Mazkur holatga N.Otabekov quyidagicha izoh berdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

«Buxoroga 3 ta davlatdan hamyurtlarimiz olib kelingan. Dastlab Koreya davlatidan 239 nafar fuqaromiz olib kelingan. Mazkur 239 nafar fuqaro Turkiyadagi Istanbul aeroportida 8 soat bitta xonada hech qanaqa himoya vositalarisiz qolib ketgan. Demak, ular o‘zlarining himoyasini esdan chiqarib qo‘ygan. Natijada kelganidan so‘ng, dastlabki tekshiruvlarda ularning 66 nafarida koronavirus kasalligi aniqlangan. Kasallikni yuqib qolishiga ularning o‘zlari shart-sharoit qilgan. Bundan tashqari Buxoro viloyatiga yana Rossiya Federasiyasidan yana ikkita reysda 530 nafar fuqaro olib kelingan. Ular orasida ham koronavirus kasalligiga chalinganlar bor. Rossiya Fedirasiyasidan olib kelinganlarga e’tibor beradigan bo‘lsak, ular 2 kundan 5 kungacha hech qanday himoya vositalarisiz, bemalol bir biri bilan muloqot qilib, bitta joyda yashashgan. Demak, qachonki ular o‘zlarining himoyasi haqida, epidimik noxush hududekanligini anglab yetmaganlari mana shu holatni yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan.

Albatta, bu odamlar orasida koronavirus kasalligiga chalinganlarini aniqlayapmiz».

Avvalroq, Toshkent shahar hokimligida virus tarqagani bo‘yicha mish-mishlarga izoh berilgan edi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!