Buxoroda ekologik huquqbuzarliklarni aniqlovchi onlayn kuzatuv kameralari ishga tushirildi

Buxoroda  ekologik huquqbuzarliklarni aniqlovchi onlayn kuzatuv kameralari ishga tushirildi

Buxoroda belgilanmagan joyga chiqindi tashlashning oldini olish uchun 5 ta onlayn kuzatuv kameralari ishga tushirildi.

Ekologiya vazirligi Dispertchilik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan o‘rnaliyotgan ushbu kameralar 360 darajada tasvirga olish imkonini beradi.

Buxoro shahrida joylashgan B.Naqshband, Sherbuddin, Mehtar Ambar, A.Jomiy ko‘chalari hamda Kogon tumanidagi Qizil gul massivida onlayn kuzatuv kameralari o‘rnatildi.

Shuningdek, viloyat bo‘yicha jami 20 ta kuzatuv kameralari ishga tushirilmoqda.

Doimiy kuzatib boriladigan bu kameralar nafaqat belgilanmagan joyga chiqindi tashlash, balki boshqa turdagi ekologik huquqbuzarliklarni ham aniqlash va o‘z vaqtida chora ko‘rish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, belgilanmagan joyga chiqindi tashlaganlik uchun fuqarolarga 340 000 so‘mdan 1 020 000 so‘mgacha, mansabdor shaxslar uchun esa 3 400 000 so‘mdan 6 800 000 so‘mgacha jarima belgilangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!