Bo‘sh turgan ob’ektlar 1 so‘mga teng qiymatdagi boshlang‘ich narxda sotiladi

Bo‘sh turgan ob’ektlar 1 so‘mga teng qiymatdagi boshlang‘ich narxda sotiladi

"Davlat mulki ob’ektlarini va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni tadbirkorlik sub’ektlariga sotish tartibini soddalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali xabar qiladi.

Farmonga muvofiq 2019 yilning 1 apreliga qadar davlat ob’ektlari va yerlarga bo‘lgan huquqlarni sotish tartibini soddalashtirish bo‘yicha eksperiment o‘tkaziladi.

Eksperiment doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi va viloyat hokimlariga quyidagi huquqlar berildi:

– bo‘sh turgan davlat ob’ektlarini 1 so‘mga teng qiymatdagi boshlang‘ich narxda (keyingi har bir qadam 1 mln so‘mdan) elektron auksion orqali sotish;

– yerlar va bo‘sh turgan davlat ob’ektlarini investisiyaviy (kamida 1 mln. AQSh dollari ekvivalentida) va ijtimoiy majburiyatlar yuklangan holda auksion o‘tkazmasdan sotish;

– sug‘orilmaydigan yerlar toifasiga kiradigan yerlardan 50 yilga foydalanish huquqini investisiyaviy (kamida 1 mln. AQSh dollari ekvivalentida) va ijtimoiy majburiyatlar yuklangan holda sotish;

– avtomobil yo‘llariga tutash hududlardagi har qanday yerlarni yo‘lbo‘yi va turistik infratuzilma ob’ektlarini qurish uchun elektron auksion orqali sotish;

– savdo-ko‘ngilochar va umumiy ovqatlanish ob’ektlari faoliyati tungi vaqtda cheklashga yo‘l qo‘yilmaydigan hududlarni tashkil etish.

Erlarni sotishdan tushgan mablag‘lar ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvatlash yo‘naltiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!