Bu yil dunyoda eng ommabop bo‘lgan so‘z aniqlandi

Bu yil dunyoda eng ommabop bo‘lgan so‘z aniqlandi

Amerikaning Merriam-Webster lug‘ati (Uebster lug‘ati) 2018 yilning so‘zi sifatida adolat (justice) so‘zini tanladi.

Joriy yilda ushbu so‘z internet foydalanuvchilari tomonidan o‘tgan yilga qaraganda 74 foizga ko‘proq qidirilgan.

Lug‘at mualliflari so‘zlariga qaraganda, adolat va adliya kabi ma’nolarni anglatuvchi justice so‘zi OAVlarda Rossiyaning AQShdagi prezidentlik saylovlariga aralashuvi sababli yodga olingan.

Shuningdek, eng mashhur so‘zlar o‘ntaligidan millatchilik (nationalism), o‘zgacha fikrlovchi (maverick), foydasiz (feckless) kabi so‘zlar o‘rin olgan.

2017 yilda Merriam-Webster talqiniga ko‘ra feminizm yil so‘ziga aylangan edi.

Manba: sof.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!