Britni Spirs farzandidan ayrildi

Britni Spirs farzandidan ayrildi

Amerikalik qo‘shiqchi Britni Spirs homiladorlikning boshida farzandidan ayrildi. Bu haqda qo‘shiqchi o‘zining "Instagram"dagi rasmiy sahifasida orqali ma’lum qildi.

Xonanda ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida qayg‘uli xabarni yozib, oilasi uchun og‘ir damlarda qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun muxlislariga minnatdorchilik bildirdi.

Britni Spirs 2008 yilda giyohvand moddalar bilan bog‘liq muammolar va ruhiy salomatligi bilan bog‘liq xavotirlar tufayli qisman qobiliyatsiz deb e’lon qilingan. Xonandaning hayotini otasi va sud tomonidan tayinlangan advokat nazorat qilgan. U davolanish va shaxsiy hayoti haqida qaror qabul qila olmadi. Rasmiy ravishda, otaning ijrochi ustidan vasiyligi 2021 yilning 13 noyabrida tugatilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!