Britaniyaliklar boshqa davlat fuqarosi bo‘lish uchun DNK testlaridan foydalanmoqda

Britaniyaliklar boshqa davlat fuqarosi bo‘lish uchun DNK testlaridan foydalanmoqda

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, odamlar o‘zlarining genealogik DNK testlari natijalaridan boshqa mamlakatlar fuqaroligini olish uchun foydalana boshlaganlar, deb xabar beradi The Guardian.

2000 yildan boshlab, DNK genealogiyasi testlari ilk bor mavjud bo‘lganidan beri, dunyo bo‘ylab 40 milliondan ortiq kishi turli kompaniyalar orqali ushbu xizmatlardan foydalangan.

“Odamlar qanchalik ko‘p sinovdan o‘tib, nasl-nasabi va biologik ota-onalari haqida ma’lumotga ega bo‘lsa, ular ushbu ma’lumotlardan ma’lum bir mamlakat fuqaroligini olish uchun dalil sifatida foydalanishlari mumkin”, - dedi Bat universitetidagi Milner evolyusiya markazi direktori professor Turi King.

Kingning fikricha, DNK testini topshirish ba’zi britaniyaliklar uchun kelajakda ikki tomonlama fuqarolikka ega bo‘lishning osonroq va keng tarqalgan usuli bo‘ladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lgan Irlandiya pasportlari katta talabga ega bo‘lishi mumkin.

Irlandiya tashqi ishlar departamenti vakili mamlakatning potensial fuqarolari ota-onalaridan biri orqali Irlandiya fuqaroligiga bo‘lgan huquqlarini isbotlash uchun DNK dalillaridan foydalana boshlaganini va bu dalil pasport olish uchun ariza berishda qabul qilinishini tasdiqladi. Masalan, 2022 yilda «DNAFamilySecrets» shouda Richard Seyers Yevropa Ittifoqi fuqaroligini olish uchun DNK dalillaridan foydalangan birinchi britaniyaliklardan biri bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!