Botir Ergashev Komil Allamjonovga: "Bu gapingiz siyosatga zid. Menga juda og‘ir botdi" (VIDEO)

Botir Ergashev Komil Allamjonovga: "Bu gapingiz siyosatga zid. Menga juda og‘ir botdi" (VIDEO)

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida murojaat qoldirdi. Unda shunday deyiladi:

"O‘zbekistonda zudlik bilan ilm, bilimdonlar, olimlar, tadqiqotlar, tajribalar, laboratoriyalar, o‘rganishlar, yangiliklar, kashfiyotlar trendga chiqishi kerak. Chunki, bugun shundoq ham kech, ertaga esa undan ham kech bo‘ladi. Vaqt bizga qarshi ishlayapti. Boshqa tomondan, hechdan ko‘ra kech yaxshi. Quruq gapda o‘tgan allomalarimiz bilan kerilib, g‘azalxonligu bahru-baytlar qilib, she’rlar to‘qib, o‘zimizni yupatib yurganimiz bilan birimiz ikki bo‘lmaydi. Tag‘in biz o‘tmishi buyuk, kelajagi buyuk, o‘rtasi kuyuk bo‘lib qolmaylik bu ketishda, Olloh asrasin. Shunga erishish kerakki, bizdan oldingilar rizo, keyingilar faxrlansin". 

Shoir Botir Ergashev esa bu murojaatga keskin munosabat bildirdi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!