Boks. Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi

Boks. Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi

Qozog‘istonning Olmaota shahrida “IBA Chempionlar oqshomi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Turnirning markaziy jangida o‘zbekistonlik bokschi Saidjamshid Ja’farov Qozog‘iston vakili Talgat Shaykenga qarshi jang qildi.

Jang Saidjamshidning ochkolar evaziga (79-73, 76-76, 80-72) g‘alabasi bilan yakunlandi va IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, Ja’farov dastlab Doniyor Eleusinovga qarshi jang qilishi aytilgan edi. Biroq Doniyor jarohat olgani bois, uning o‘rnini Shayken egalladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!