BMT Kanadada yana topilgan ommaviy qabr holati bo‘yicha tekshiruv o‘tkazishni talab qildi

BMT Kanadada yana topilgan ommaviy qabr holati bo‘yicha tekshiruv o‘tkazishni talab qildi

Kanadada yana bir sobiq mahalliy bolalar maktab-internati hududida ommaviy qabr topildi.

Ta’kidlanishicha, u Vankuver yaqinidagi Penekalut orolida topilgan bo‘lib, u yerda 160 dan ortiq "belgilanmagan va hujjatsiz qabrlar" bor.

Ular joylashgan hududdagi maktab-internat 1890-yillardan 1970-yillarga qadar faoliyat yuritgan va davlat tomonidan moliyalashtirilgan.

Ayni paytda u yerga bolalar dafn etilgani yoki yo‘qligi ma’lum emas.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi va Saskashevan provinsiyalaridagi ikkita sobiq maktab-internatlar hududida deyarli ming kishining hujjatsiz qoldiqlari topilgan edi. Ehtimol, bu mashg‘ulotlar paytida vafot etgan hindularning farzandlaridir. BMT holat yuzasidan tergov o‘tkazilishini talab qilmoqda.

Bungacha Amerikaning Florida shtatidagi Tampa shahrida mahalliy King o‘rta maktabi binosi ostida ommaviy qabr topilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!