Bilarmidingiz? Quyosh elektr stansiyasi yiliga 6 ming qushni yondiradi

Bilarmidingiz? Quyosh elektr stansiyasi yiliga 6 ming qushni yondiradi

Ayvanpa – quyosh energiyasini to‘plovchi dunyodagi eng yirik minorali stansiyasidir. Uning hududida 350 ming geliostat-ko‘zgular joylashtirilgan bo‘lib, quvvati qariyb 392 MVt ni tashkil etadi. Mazkur elektr stansiyasi Kaliforniyadagi Moxave cho‘lida joylashgan.

 Hodisalar «Ayvanpa»ning tuzilishi va joylashuvi bilan bog‘liq. Quyosh nurini tutish uchun zavod 12,9 kvadrat kilometrlik umumiy maydonga ega ulkan ko‘zgulardan foydalanadi. Bir joyga to‘plangan quyosh nuri 40 qavatli bino balanligiga teng uchta resiver-minora tepasidagi qozonlarga yo‘naltiriladi. Qozonlarda hosil bo‘lgan bug‘ minoralar ichida turbinalarni harakatga keltiradi va elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Minora atrofidagi ko‘zgudan qaytgan ko‘zni qamashtiruvchi yorug‘lik hasharotlarni o‘ziga tortadi. Hasharotlar esa qushlarni jalb qiladi. Ular esa bir joyga jamlangan quyosh nuriga to‘qnash kelib, sanoqli soniyalarda yonib ketadilar, deya xabar beradi nat-geo.ru.

Stansiya Tinch okeani bo‘ylab joylashgan – ko‘plab qush turlarining, jumladan, himoya ostiga olinganlari va qarchig‘aylarning ham, mashhur ko‘chishi yo‘nalishi shu yerdan o‘tadi.
Federal biologlarning aytishicha, har yili quyosh elektr stansiyasida 6 mingdan ortiq qush nobud bo‘ladi. Rasmiylar esa bu holatga yechim izlanayotganini aytishdan nariga o‘tmaydi, ammo 2014 yilda korxona ishga tushirilganidan buyon juda oz narsa o‘zgargan.

Qushlarning ommaviy nobud bo‘lishi muammosi barcha quyosh elektr stansiyalarida ham kuzatilavermaydi. Bu faqatgina texnologiya quyosh nuridan emas, balki uning haroratidan foydalanishga asoslangan geliotermal energiya tamoyillari qo‘llaniladigan joylarda yuzaga kelmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!