Besh nafar talaba tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi

Besh nafar talaba tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETIDA OLIY TA’LIM MUASSASALARI BAKALAVR BOSQICHI TALABALARI O‘RTASIDA “O‘ZBEKISTON YOSHLAR ITTIFOQI STIPENDIYASI” UCHUN TANLOVINING SIRDARYo VILOYATI BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI. 
 
Tanlovda komissiya a’zolari tomonidan ishtirokchilarning darslarni o‘zlashtirishi va jamoat ishlaridagi ishtiroki, bilim darajasi, fikrlash qobiliyati, dunyoqarashi, taqdim etilayotgan loyihasining dolzarbligi va originalligi, hayotga tatbiq etilishi kabi mezonlar asosida baholandi. 
 
– O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashining tashabbusi bilan oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazib kelinayotgan ushbu tanlovdan ko‘zlangan maqsad – yoshlar orasiga yanada chuqurroq kirib borishini ta’minlashdir, – deydi O‘zbekiston yosh ittifoqi viloyat kengashi raisi SH.Zayniddinov. – Shuningdek, talabalarning tashabbuskorligini rag‘batlantirish, ularning iqtidori, ilmiy salohiyati, faolligi hamda shijoatini yana oshirishdan iboratdir. 
 
TANLOVDA YUQORI NATIJALARGA ERISHGAN GULISTON DAVLAT UNIVERSITETINING 5 NAFAR TALABASI “O‘ZBEKISTON YOSHLAR ITTIFOQI STIPENDIYASI” TANLOVINING MAMLAKAT BOSQICHIDA ISHTIROK ETISh UCHUN YO‘LLANMANI QO‘LGA KIRITDI. 
 
Manba: uza.uz

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!