Bayonot rad etildi: Xitoyda koronavirusga qarshi vaksinaning samaradorligi past emas
Xitoyning kasalliklar tarqalishini nazorat qilish markazi direktori Gao Fu mamlakatda ishlab chiqilgan vaksinaning samaradorligi haqidagi bayonotni rad etdi. Bu haqda Global Times xabar bermoqda.
U o‘zining Xitoy vaksinalari past samaradorlikka ega ekanini «tan olgani» to‘g‘risida OAV va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar butkul anglashilmovchilik ekanini aytdi. Ga Fu dunyo koronavirusga birinchi marta duch kelgani sababli o‘rganish kerak bo‘lgan ko‘plab ilmiy masalalar borligini, vaksina borasida esa muammoga shunchaki ilmiy yondashuvni taklif qilganini ta’kidladi.
«Echish lozim bo‘lgan ko‘plab ilmiy masalalar bor», – dedi u.
Gao Funing so‘zlariga ko‘ra, bunday xabarlar u vaksina samaradorligini oshirish uchun taklif etgan ilmiy yondashuvdan chalg‘itadi. U emlash samaradorligini oshirish uchun turli vaksinalardan foydalanishni taklif qilganini aytdi.