Bayden qaysi davlatlar "Tolibon"ning do‘stlari ekanligini aytdi

Bayden qaysi davlatlar "Tolibon"ning do‘stlari ekanligini aytdi

Rossiya prezidenti, Xitoy, Eron va Pokiston Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olgan "Tolibon" terrorchilik harakati bilan kelishuvga erishishga intiladi. Bu haqda AQSh prezidenti Jo Bayden xabar berdi.

"Ularning hammasi hozir nima qilish kerakligini tushunishga harakat qilmoqdalar", dedi Bayden jurnalistlarga va u sanab o‘tilgan davlatlar "Tolibon" bilan muzokara olib borishiga "ishonganini" qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Tolibon" vakili Xitoyni Afg‘onistonning asosiy xalqaro hamkori deb atagandi. "Tolibon", shuningdek, Rossiya va Xitoy bilan "yaxshi munosabatlar"ni e’lon qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!