Batafsil: Oliy sud Otabek Sattoriy ishi bo‘yicha bayonot berdi

Batafsil: Oliy sud Otabek Sattoriy ishi bo‘yicha bayonot berdi

15 iyul kuni O. Sattoriyga oid jinoyat ishini apellyasiya instansiyasida ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi.

Mazkur jinoyat ishi Samarqand viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha apellyasiya sudlov hay’ati tomonidan ko‘rib chiqildi.

E’lon qilingan ajrimga ko‘ra, jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudining 2021 yil 10 maydagi O. Sattoriyga nisbatan chiqarilgan hukmi o‘zgartirildi.

Sud hukmining Termiz shahridagi xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi notarius Boboqulov Xamro Xudaymurotovich tomonidan 2020 yil 2 iyul kuni KSH 032769 SV sonli reestr bilan tasdiqlangan “Termiz Eko Ekspress loyiha” MCHJ rahbari Shapulatov Tulqin Xoltojiyevich bilan Sattoriy Otabek Abdumanonzoda o‘rtasida tuzilgan Surxondaryo viloyati, Termiz shahar, “Ma’rifat” mahallasi, “Istiqlol” ko‘chasi, 6-uyda joylashgan 42-raqamli kvartirani Sattoriy Otabek Abdumanonzodaga sotganligi bo‘yicha tuzilgan oldi-sotdi shartnomasini hamda shu kuni KSH 032770 SV sonli reestr bilan tasdiqlangan “Termiz Eko Ekspress loyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari Shapulatov Tulqin Xoltojiyevich bilan Sattoriy Otabek Abdumanonzoda o‘rtasida tuzilgan Surxondaryo viloyati, Termiz shahar, “Ma’rifat” mahallasi, “Istiqlol” ko‘chasi, 6-uyda joylashgan 44-raqamli kvartirani Sattoriy Otabek Abdumanonzodaga sotganligi bo‘yicha tuzilgan oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topish hamda shu bilan bog‘liq “Termiz Eko Ekspress loyiha” MCHJ T.Shopulatovdan sudlanuvchi O. Sattoriy foydasiga 234.835.000 so‘mni undirish qismi bekor qilindi va jabrlanuvchi T. Shopulatovga ushbu yuzasidan fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida sudga murojaat qilish huquqiga ega ekanligi tushuntirildi.

Sud hukmining O. Sattoriy hisobidan sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish bilan bog‘liq 183.750 so‘m xarajatni undirish qismi bekor qilindi.

O.Sattoriyga nisbatan tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosining o‘tash muddati 2021 yil 30 yanvar kunidan boshlab hisoblanishi belgiladi.

Hukmning qolgan qismi o‘zgarishsiz qoldirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!