«Barselona»ning yana ikki nafar futbolchisi «Everton»ga o‘tdi

«Barselona»ning yana ikki nafar futbolchisi «Everton»ga o‘tdi

«Barselona» himoyachisi Yerri Mina va yarimhimoyachisi Andre Gomeshning «Everton»ga o‘tishlari deyarli aniq bo‘lib ulgurdi.

Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, futbolchilar Kataloniyadagi klinikalardan birida tibbiy ko‘rikdan o‘tib bo‘lishgan. Yaqin soatlarda transferlar haqida rasmiy ma’lumot berilishi kutilmoqda.

Manbada aytilishicha, «Barselona» 23 yoshli kolumbiyalik futbolchisi yuzasidan «MYu»dan taklif bo‘lishini imkon qadar oxirigacha kutgan, biroq manchesterliklardan darak bo‘lmagan.

Mina, mish-mishlarga qaraganda, 30-35 million yevro evaziga «Everton»ga o‘tmoqda. Gomesh esa bir yilga ijaraga beriladi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu transferlar oynasida «Barsa»dan Lyuka Din 20 million yevro evaziga mersisaydliklar safiga o‘tdi.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!