"Barselona" murabbiyligiga eng munosib nomzod ma’lum bo‘ldi

"Barselona" murabbiyligiga eng munosib nomzod ma’lum bo‘ldi

Maurisio Pochettino — Ispaniyaning "Barselona" futbol klubi bosh murabbiyligiga eng munosib nomzod. Bu haqda Ispaniyaning Sport.es nashri xabar bermoqda.

OAV xabarlariga ko‘ra, amaldagi bosh murabbiy Kike Setyen tez orada o‘z lavozimini tark etadi. Uning o‘rniga Londonning "Tottenxem" klubida ishlagan argentinalik mutaxassis tayinlanadi. Ta’kidlanishicha, klubning yetakchi futbolchilari tez orada yangi murabbiyni tasdiqlashi mumkin.

Yanvar oyida Pochettino "Barselona" murabbiyi bo‘lishi mumkin edi, ammo keyin jamoa rahbariyati uning "Barselona" haqidagi "istehzoli so‘zlari" tufayli bu qarordan qaytgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!