"Barselona" 23 yoshli futbolchisini tekinga qo‘yib yubordi

"Barselona" 23 yoshli futbolchisini tekinga qo‘yib yubordi

Serjinyo Dest endi «Barselona»ga tegishli emas.

PSV 2023/24 yilgi mavsumda ijara asosida o‘ynagan himoyachi bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Shartnoma 4 yilga amal qiladi.

"Blaugrana" Destning navbatdagi transferidan tushgan pulning bir qismini olishlari mumkin bo‘ladi.

"ESPN" xabariga ko‘ra, Niderlandiya klubi futbolchini tekinga o‘z safiga qo‘shib olgan.

PSV Destni 11 million yevro evaziga sotib olish imkoniyatiga ega edi, biroq aprel oyida AQSh terma jamoasi futbolchisining xoch bog‘lami jarohati tufayli klub uni faollashtirishni istamadi.

"Barselona" 23 yoshli futbolchisini tekinga qo‘yib yubordi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!