"Baribir bitta manzilga borasiz"

"Baribir bitta manzilga borasiz"

Milliarder Stiv Jobs 56 yoshida oshqozon osti bezi saratoni kasalligidan 2011 yil 5 oktyabrda vafot etgan edi. Uning so‘nggi so‘zi hayotning mazmuni haqida.

– Hozir men kasalxonada yotib, butun umrimni eslasam, menda mavjud bo‘lgan barcha boylik o‘lim oldida hech narsa emasligini his qilaman.

– O‘zingizga munosabatingizni yaxshilang va boshqalarga ham hurmatda bo‘ling.

– Vaqt o‘tgan sayin 30$ yoki 300$ turadigan soatlar bir vaqtni ko‘rsatishini his qila boshlaysiz.

– Biz 150 000$ yoki 30 000$lik mashina bilan yursak ham, maqsad va masofa bir xil ekanligini, 300$ yoki 10$ ichimlikni ichsak ham, bir xil “maza”ni his qilishni boshlaymiz.

– Siz yashayotgan 300 kv metr yoki 3000 kv metrli uy ichida baribir yolg‘izsiz va boshqalar bilan tengsiz. Sizning haqiqiy baxtingiz – bu dunyodagi moddiy narsalar o‘tkinchi ekanligini his qilish.

– Samolyotga birinchi klass yoki ekonom klassga chiqsangiz ham samolyotingiz qulasa, siz ham u bilan birga qulaysiz…

– Haqiqiy baxt do‘stingiz yoki biror inson bilan chin dildan suhbatlashganingizdir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!