Ayol otasining qabri ustidan qiziga yozilgan tahdidli xatlarni topdi

Ayol otasining qabri ustidan qiziga yozilgan tahdidli xatlarni topdi

60 yoshli ayol Moskva polisiyasiga tahdidlar bilan yozilgan xatlar sabab murojaat qildi. Bu haqda REN TV telekanali xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, ayol 10 fevral kuni Vostryakovsk Markaziy qabristonida otasining qabriga borgan. Qorni tozalayotganda esa ichiga qog‘oz solingan plastik shishani topib olgan.

Xatda esa Moskva prokuraturasi bo‘limida ishlaydigan qiziga nisbatan tahdidlar bo‘lgan.

Ayol bundan tashqari, avval ham eshigida shu kabi tahdidli yozuvni topganini ma’lum qildi. Ayni paytda polisiya xabarlarning muallifi ni aniqlashga harakat qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!