Avstriya kansleri parlamentga muddatidan oldin saylov e’lon qildi

Avstriya kansleri parlamentga muddatidan oldin saylov e’lon qildi

Avstriya kansleri Sebastyan Kurs vise-kansler Hayns-Kristian Shtraxe iste’foga chiqqach, mamlakat parlamentga muddatidan oldin saylovlar o‘tkazishni taklif qildi, deb xabar bermoqda TASS.

Kursning qayd etishicha, u o‘z siyosiy kursiga sodiq holda mamlakat ravnaqi uchun ishlashda davom etmoqchi, faqat hukumatda mojaroli holatlardan xalos bo‘lgan holda.

U shuningdek, Avstriya ozodlik partiyasi bilan respublika koalision hukumatining ishi tugatilishini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Avstriya ozodlik partiyasi endi uning hamkori bo‘la olmaydi.

18 may kuni Shtraxe rossiyalik ayol bilan hamkorlik qilganlikda ayblanib iste’foga chiqarilgan edi. Keyinroq u Rossiya emas, Latviya fuqarosi bo‘lgan ayol bilan uchrashib yurganini tushuntirgan.

Shtraxening qilmishlari haqida dastlab Zyuddoyche Saytung gazetasi xabar bergan. Nashr o‘zining internet saytida siyosatchi va uning yordamchisi Yohann Gudenus Ibisada rossiyalik oligarxning jiyani bilan uchrashayotgani haqidagi videoni e’lon qilgan. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, ular 2017 yilgi saylovlardan bir necha oy avval hamkorlik haqida kelishib olishgan.

Taxmin qilinishicha, ayol Shtraxega saylovlarda g‘olib chiqishda yordam berishi kerak bo‘lgan. Buning evaziga siyosatchi unga qurilish sohasidagi davlat buyurtmalarining bir qismini berishni va’da qilgan.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!