Avstraliyada ayrim shaxslarga uy hayvonlarini boqish taqiqlandi. Ular kimlar?

Avstraliyada ayrim shaxslarga uy hayvonlarini boqish taqiqlandi. Ular kimlar?

Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtati mamlakatda birinchi bo‘lib ilgari hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik va zoofiliyada ayblanib sudlanganlarga nisbatan umrbod uy hayvonlarini boqishga taqiq joriy qilgan hududga aylandi. Bu haqda qonunning tashabbuskori Emma Xerst o‘zining Twitter sahifasida ma’lum qildi, deb yozmoqda «Korrespondent.net».

«Yangi Janubiy Uels hozirgina zo‘ravon odamlarga uy hayvonlarini boqishga taqiq joriy qilgan birinchi Avstraliya shtati bo‘ldi. Biz taklif qilgan yangi qonun ikkala palata tomonidan ham qabul qilindi», — deb ta’kidladi Xerst va «endi aybdorlarga hayvonlarni nazorat ostida saqlash yoki ular bilan ishlash umrbod taqiqlanishi»ni qo‘shimcha qildi.

So‘nggi ikki yil ichida Avstraliyada hayvonlarga nisbatan bezorilik holatlari ko‘paygani ma’lum qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!