Auksionda g‘olib bo‘lgan 675,3 ming fuqaroga dehqon xo‘jaligi yuritish uchun 189,8 ming gektar yer maydoni davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Auksionda g‘olib bo‘lgan 675,3 ming fuqaroga dehqon xo‘jaligi yuritish uchun 189,8 ming gektar yer maydoni davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Auksionda g‘olib bo‘lgan 675,3 ming fuqaroga dehqon xo‘jaligi yuritish uchun 189,8 ming gektar yer maydoni davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Davlat kadastrlar palatasi axborot xizmati rahbari Munojatxon Yo‘ldosheva ma’lum qildi.

Respublikamizning ma’muriy chegarasidagi umumiy yer maydoni 44 892,4 ming gektar, shundan sug‘oriladigan yerlar esa 4 342,5 ming gektarni (9,7%) tashkil qiladi.

UZKAD axborot tizimi orqali respublikaning 95% (42,7 mln gektar) yer maydonlarining elektron xaritasi yaratildi, shuningdek, 40,4 mln gektari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

O‘tgan yilga nisbatan 2,1 mln gektar yer maydonlari tizimga yer egalari va yerdan foydalanuvchilar kesimida hisobga olindi,
2,7 mln gektari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Shu kunga, qadar elektron tizim orqali 24,0 mln gektar qishloq xo‘jaligi mo‘ljallangan yerlar to‘liq hisobga olindi hamda shundan 22,25 mln gektari (92,7) davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!