Atambayev o‘zi figurant bo‘lgan jinoyat ishi majlisiga kelishdan bosh tortdi

Atambayev o‘zi figurant bo‘lgan jinoyat ishi majlisiga kelishdan bosh tortdi

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev “jinoiy avtoritet” Aziz Batukayevning noqonuniy ozod etilishi ishi bo‘yicha sud majlisiga kelishdan bosh tortdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Bugun Bishkekning Pervomaysk tuman sudida qonundagi o‘g‘ri Aziz Batukayevning noqonuniy ozod etilishi ishi bo‘yicha sud majlisi boshladi. Ushbu jinoyat ishida Atambayev asosiy figurantlardan biri hisoblanadi.

“Qo‘riqchilar boshlig‘i Almazbek Sharshenovich sudga borishdan bosh tortganini aytdi. O‘zimdan shuni qo‘shimcha qilamanki, u (Atambayev – tahr.) ilgari ham ushbu barcha qonunga xilof harakatlarda ishtirok etmoqchi emasligini aytgandi”, - degan sobiq prezidentning advokati Sergey Slesarev.

Advokatning so‘zdariga ko‘ra, keyingi sud majlisi 14 oktyabr kuniga tayinlangan. Hozircha keyingi sud majlislarida sobiq prezidentning ishtirok etishi yoki etmasligi noma’lum.

Batukayev ishi

Aziz Batukayev 2006 yilning avgust oyida Alamudin tuman sudi hukmi bilan 16 yilu 8 oyga ozodlikdan mahrum qilingan. Shuningdek, uning  molu mulki musodara qilingan. Batukayev 2006 yilda Bishkek shahri yaqinida koloniyada ommaviy tartibsizlik uyushtirganlikda va hujum paytida Qirg‘iziston parlamenti deputati Tinichbek Akmatbayev, jazoni ijro etish boshqarmasi rahbari Ikmatulla Polotov va parlamentning ikki nafar xodimini o‘ldirishda ayblangan.

Aziz Batukayev 2013 yil 9 aprelda “og‘ir kasallik” tufayli shartli ravishda ozod qilingan. U bundan foydalanib, Qirg‘iziston hududini tark etgan.

Qirg‘iziston IIV ma’lumotiga ko‘ra, Batukayev hozirda Chechenistonda noqonuniy qurol saqlagani uchun jazo muddatini o‘tamoqda.

“Jinoiy avtoritet”ga nisbatan jinoiy ishni qayta qo‘zg‘atilganini 17 aprel kuni Qirg‘iziston bosh prokurori Otkurbek Jamshitov ma’lum qildi.

Almazbek Atambayevga mazkur jinoyat ishi yuzasidan so‘roqqa kelish to‘g‘risida uch marta chaqiruv qog‘ozi yuborilgan edi. Qirg‘iziston IIV ta’kidiga ko‘ra, aynan Atambayev Aziz Batukayevni ozod qilish to‘g‘risida farmon bergan. Sobiq prezidentning so‘roq kelishdan bosh tortishi, uni kuch bilan qo‘lga olish maxsus amaliyoti bilan yakunlandi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!