Astraxanda o‘zbekistonlik haydovchi boshqarib ketayotgan avtomobil ag‘darilib ketdi. Qurbonlar bor

Astraxanda o‘zbekistonlik haydovchi boshqarib ketayotgan avtomobil ag‘darilib ketdi. Qurbonlar bor

 

Astraxan viloyatining Narimanov tumanida O‘zbekiston fuqarosi boshqarib kelayotgan “Lada Largus” avtomobili YTHga uchradi. Rossiya Federasiyasi Ichki ishlar vazirligidan bugun, 13 noyabr kuni berilgan ma’lumotlarga qaraganda, avtomobil YTHda ag‘darilib ketgan. Natijada 5 kishi tan jarohati olgan.
 
YTH “Tambov-Volgograd-Astraxan” R-22 trassasining 1352 kilometrida sodir bo‘lgani aytilmoqda. YTHga 35 yoshli o‘zbekistonlik haydovchining uxlab qolgani sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.
 
YTH oqibatida haydovchi va to‘rt yo‘lovchi jarohatlangan.  Xususan, 1976 yilda tug‘ilgan ayol bosh miya chayqalishi, ko‘krak qafasi ezilishi hamda umurtqa pog‘onasining bo‘yin qismida sinish tashhisi, 42 yoshli erkak esa jiddiy tan jarohati bilan og‘ir ahvolda Astraxan tibbiyot markaziga olib ketilgan.
 
Yo‘lovchilardan biri – 1975 yilda tug‘ilgan ayolning burni singan, 58 yoshli ayol esa yopiq bosh-miya jarohati bilan tuman shifoxonasiga joylashtirilgan.
 
Huquq-tartibot idoralari voqea yuzasidan surishtiruv olib bormoqda.

Manba: qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!