Armanistonda harbiy holat bekor qilindi

Armanistonda harbiy holat bekor qilindi

Bugun Armaniston parlamentining qaroriga ko‘ra Tog‘li Qorabog‘dagi urush munosabati bilan o‘tgan yilning 27 sentyabrida joriy etilgan harbiy holat bekor qilindi. 
Qarorni 132 deputatdan 118 nafari qo‘llab-quvvatladi.

Arman muxolifati 2020 yilning 10 noyabridan – Ozarbayjon, Rossiya va Armaniston o‘rtasida sulh imzolangandan beri uch marta harbiy holatni bekor qilish tashabbusi bilan chiqib, urush tugagani uchun bunday holatga zarurat yo‘qligini ta’kidladi. Biroq harbiy holat bekor qilingandan keyin bosh vazirga nisbatan ishonsizlik votumi e’lon etilishi mumkinligidan xavotirlangan hukumat har safarida muxolifatning tashabbusiga qarshilik ko‘rsatdi.

Biroq mamlakatda harbiy holat davom etgan vaqtda bosh vazir Nikol Pashinyanning iste’fosi talabi bilan norozilik namoyishlari to‘xtamadi. Oqibatda Pashinyan joriy yilning 20 iyunida navbatdan tashqari parlament saylovi o‘tkazilishini ma’lum qilishiga to‘g‘ri keldi.

Muxolifat Tog‘li Qorabog‘dagi mag‘lubiyat uchun Nikol Pashinyanni ayblab keladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!