AQShga borish uchun viza tayyorlab berishni va’da qilgan firibgar qo‘lga olindi

AQShga borish uchun viza tayyorlab berishni va’da qilgan firibgar qo‘lga olindi

AQShga borish uchun viza tayyorlab beraman deb odamlarning pullarini olib, firibgarlik qilgan shaxs qo‘lga tushdi, deb xabar berdi O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.

Xabarda aytilishicha, joriy yil 25 iyul kuni Buxoro shahri, G‘ijduvon tumanida yashovchi fuqaro IIBga murojaat qilib, 2017 yil may oyida muqaddam sudlangan, B.N.ga viza tayyorlab berishi uchun 2000 dollar berganini ma’lum qiladi.

Ma’lum bo‘lishicha, firibgar pullarni olgan, ammo vizani tayyorlab bermagan. Jabrdiydaga esa pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan firibgarlikda gumonlanayotgan B.N. qo‘lga olingan.

Manba: sof. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!