AQShdagi mashhur Niagara sharsharasi muzlab qoldi

AQShdagi mashhur Niagara sharsharasi muzlab qoldi

E’tiborli jihati, ushbu g‘aroyib manzarani ko‘rish uchun kelayotgan sayyohlar oqimi ortgan. Sinoptiklarning aytishicha, ushbu holat ko‘p vaqtga bormaydi. Chunki  Nyu-York shtatida harorat yana isiy boshlagan. Bu yerda +7 darajagacha havo iligan.

AQShda fevral oyining o‘rtalaridan beri qattiq sovuq harorat kuzatilmoqda. Qahraton sovuq tufayli 60 kishi hayotdan ko‘z yumgan. Suv va elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Qor bo‘ronlaridan eng ko‘p Texas shtatida zarar ko‘rgan.

AQSh prezidenti Jo Bayden shtatda tabiiy ofat holatini  e’lon qildi va mahalliy ma’muriyatlarni federal yordam ko‘rsatishga chaqirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!