AQShda Suriyalik o‘quvchi qizni tengqurlari kaltaklashdi

AQShda Suriyalik o‘quvchi qizni tengqurlari kaltaklashdi

Pittsburg (Pensilvaniya, AQSh) shahrida bir guruh o‘smirlar liseyda tahsil olayotgan 15 yoshli Suriyalik Sheyma ismli qizni kaltaklashgan, deya xabar bermoqda Anadolu.

Qiz juda ko‘p jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Suriyalik qizning fikriga ko‘ra, unga liseydagi hojatxona ichida hujum qilishgan.

Sheyma oilasi bilan ikki yarim yil oldin Qo‘shma Shtatlarga qochib kelishgan edi va Pensilvaniya shtatida yashayotgan edi.

14 dekabr juma kuni, Sheyma hojatxonaga kiradi, u yerda bir guruh tamaki chakib tergan qizlarga duch keladi. Suriyalik qizdan hljatxonani tark etishni talab qilishadi va u bunga rad javobini beradi. Keyin qizga musht bilan tashlanishadi. Sen bizga raxmat degin, tilingni va diningni tushunmaganimizga, aks holda sen ko‘proq xaqorat qilgan bo‘lar edik , - deyishadi tashlanganlar.

Sheyma hushidan ketib, kasalxonaga yotqizildi.

Suriyalik qizni kaltaklash xolati mobil telefonda suratga olingan, keyinroq surat ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan.

Kasalxonadan chiqib kelgan suriyalik qiz, unga hujumi avvaldan rejalashtirilganiga ishonchi komil ekan..
Internetda kaltaklangan videodan keyin lisey o‘quvchilari va ijtimoiy tarmoqlarning boshqa foydalanuvchilari Sheymani qo‘llab-quvvatlashlarini bildirishgan.

Bundan tashqari, Sheymani kaltaklashga aloqador bo‘lganlarni liseydan xaydash talabi bilan, imzo yig‘ish kampaniyasini boshlashgan.

Biroq, suriyalik qizga hujum qilgan lisey o‘quvchilarini faqatgina uch kun mashg‘ulotlardan chetlashtirish bilan kifoyalanilgan.

Bu ishga Amerika-Islomiy Aloqalar Kengashi (CAIR) aralashdi va federal prokuraturaga da’vo arizasini kiritdi.

Suriyalik qochqinlarga ksenofobiya sabab bo‘lgan hujum noyabrda Buyuk Britaniyada ham qayd etilgan edi.

Manba: ufq.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!