AQSh Xitoyga Rossiyaga yordamning oqibatlari haqida so‘zlab beradi

AQSh Xitoyga Rossiyaga yordamning oqibatlari haqida so‘zlab beradi

AQSh Savdo vazirining Xitoy va Mo‘g‘uliston bo‘yicha yordamchisi Skott Shou savdo masalalari va Rossiya bilan hamkorlik tufayli mumkin bo‘lgan sanksiyalarni muhokama qilish uchun kelasi hafta Gonkong va Pekinga tashrif buyuradi. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar berdi.

Nashrning ikki suhbatdoshiga ko‘ra, bu safar Amerika ma’muriyatining yuqori martabali vakilining noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan AQSh prezidentlik saylovlari oldidan so‘nggi tashrifi bo‘lishi mumkin.

Manbalarning ta’kidlashicha, Gonkongdagi uchrashuvlar chog‘ida Shou Rossiya Federasiyasiga sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam bermaslikka chaqirish niyatida.

South China Morning Post ta’kidlaganidek, iyun oyida 20 dan ortiq Gonkong kompaniyalari va unga aloqador shaxslar Rossiya bilan hamkorlik qilganlikda ayblanib, AQShning sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan. Ikkinchi manbaning ta’kidlashicha, Gonkongdan keyin Shou Pekinga boradi va u yerda Xitoy hukumatiga «turli masalalar bo‘yicha AQSh pozisiyasini» bayon qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!