AQSh "Vagner guruhini" xavotir tug‘dirayotgan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritdi

AQSh "Vagner guruhini" xavotir tug‘dirayotgan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritdi

AQSh "Vagner guruhini" Markaziy Afrika Respublikasidagi harakatlari uchun diniy erkinliklarni buzishda xavotir uyg‘otayotgan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritdi, deb xabar tarqatdi AQSh davlat departamenti juma kuni.

RIA Novosti agentligining yozishicha, Rossiyaning "Vagneri"dan tashqari, “alohida xavotir tug‘dirayotgan tashkilotlar” ro‘yxatiga Markaziy Afrika Respublikasi dagi harakatlari uchun Nigeriyaning Boko Xaram ekstremistik guruhi, Xusitlar guruhi, Hayot Tahrir ash-Sham islom guruhi, “Islom davlati” terrorchi guruhning bir nechta bo‘limlari hamda Tolibon harakati kiritilgan.

Davlat departamentining din erkinligini himoya qilish to‘g‘risidagi Amerika qonuniga amal qilish masalalarida xavotir tug‘dirayotgan mamlakatlar ro‘yxatiga Eron, Xitoy, KXDR, Kuba, Nikaragua, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Tojikiston, Turkmaniston, Eritriya va Rossiya kiritilgan.

Avvalroq Blumberg agentligi AQSh Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati "Vagner guruhini" terrorchilik tashkiloti, deb e’lon qilish masalasini ko‘rib chiqayotgani haqida yozgan edi. Agar "Vagner" terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilsa, Vashington guruhga va uning a’zolariga nisbatan jinoiy ta’qibni amalga oshira oladi, deyilgandi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!