AQSh o‘z tarixida Kamala Harris prezident bo‘ladigan yangi sahifaga tayyor — Barak Obama

 AQSh o‘z tarixida Kamala Harris prezident bo‘ladigan yangi sahifaga tayyor — Barak Obama

Qo‘shma Shtatlarning sobiq prezidenti bunday fikrni Demokratik partiyaning milliy qurultoyidagi nutqida aytib o‘tdi. Obama Baydenga minnatdorchilik bildirib, Qo‘shma Shtatlar Kamala Xarrisning davlat rahbari bo‘lishiga tayyor ekanini ma’lum qildi.

"Tarix Jo Baydenni katta xavf-xatar davrida demokratiyani himoya qilgan prezident sifatida eslab qoladi. Endi barchamiz ishongan Amerika uchun kurashishimiz kerak", —deya fikr bildirdi Obama.

Sobiq prezidentning rafiqasi, Mishel Obama, ham AQSh prezidentligi uchun Kamala Harris nomzodini qo‘llab-quvvatlashini va u Amerika prezidenti lavozimini egallagan birinchi ayol bo‘lishga loyiqligini bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!