AQSh Tez tibbiy yordam assosiasiyasi: “Tez tibbiy yordam jar yoqasiga kelib qoldi”

AQSh Tez tibbiy yordam assosiasiyasi: “Tez tibbiy yordam jar yoqasiga kelib qoldi”

AQSh Tez tibbiy yordam assosiasiyasi COVID-19 sababli tez tibbiy yordam jar yoqasiga kelib qolganligini ma’lum qildi.

Bu haqda “NBC News” xabar bermoqda.

«Barcha shtatlardagi 911 tez tibbiy yordam tizimi jar yoqasida. Qo‘shimcha yordamsiz u butunlay “sinishi” mumkin», - deya ma’lum qilmoqda assosiasiya AQSh Sog‘liqni saqlash va aholiga xizmat ko‘rsatish vazirligiga.

Assosiasiya, shuningdek, Qo‘shma Shtatlardagi tez tibbiy yordam xodimlari taxminan 2,62 milliard dollarga muhtojligini qo‘shimcha qildi.

Ta’kidlanishicha, assosiasiyaning doimiy ravishda yordam so‘rab murojaat qilishlariga qaramay, xodimlar aprel oyida 350 million dollardan boshqa hech narsa olmagan.

"Sog‘liqni saqlash sohasida bizga ma’lum bo‘lgan boshqa (bo‘lim)lar olgan narsalar bilan taqqoslaganda, bu juda oz", - deya aytmoqda nyu-yorklik tez yordam xodimi Xenan Koen.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!