AQSh kiberhujumlar tufayli Eronga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

AQSh kiberhujumlar tufayli Eronga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

AQSh Eronga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi. Vashingtondagi Moliya vazirligining 23 aprel, seshanba kuni tarqatgan bayonotiga ko‘ra , to‘rt nafar jismoniy shaxs va ikki kompaniya Eron harbiylari nomidan «yomon niyatli kiberfaoliyat bilan shug‘ullangani» uchun sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi.

Kiberhujumlar Amerikaning o‘ndan ortiq kompaniyalari va rasmiylariga qarshi qaratilgan bo‘lib, Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IRQK) kiberqo‘mondonligi buyrug‘i bilan amalga oshirilgan , deya ta’kidlaydi AQSh Moliya vazirligi.

To‘rt eronlikka qarshi sanksiyalardan tashqari, AQSh Adliya vazirligi va Federal qidiruv byurosi (FQB) ularni Amerika tashkilotlariga qarshi qaratilgan zararli kiberfaoliyatlarda rasman aybladi, deyiladi Adliya vazirligi bayonotida .

O‘tgan hafta AQSh va Buyuk Britaniya Isroilga havo hujumiga javoban Tehronga qarshi keng qamrovli yangi sanksiyalar kiritdi . Eronning dron va raketa ishlab chiqarish dasturi, Tehrondagi Mudofaa vazirligi va IRGC sanksiyaga uchradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!