Apple tarixda ilk marta Huawei'ga mag‘lub bo‘ldi

Apple tarixda ilk marta Huawei'ga mag‘lub bo‘ldi

Xitoyning jadal rivojlanayotgan Huawei kompaniyasi o‘z tarixida ilk marotaba Apple kompaniyasiga qaraganda ko‘proq smartfon sotishga muvaffaq bo‘ldi.

International Data Corporation (IDC) xalqaro marketing kompaniyasining ma’lum qilishicha, 2018 yilning ikkinchi choragida jahon miqyosida smartfon yetkazib berish miqdori 1,8% ga, ya’ni 342 mln donaga pasaygan.

Bu chorakda aniqlangan eng muhim hodisa esa Huawei kompaniyasining smartfon yetkazib berishda Apple korporasiyasidan o‘tib ketgani bo‘ldi. Xitoylik brend shu chorakning o‘zida 54,2 mln dona smartfonni bozorga chiqargan. Natijada, uning ikkinchi chorakda jahon smartfon bozorida sotilgan smartfonlardagi ulushi 15,8% ga yetgan. Shuningdek, kompaniyaning Xitoy smartfon bozoridagi ulushi 27% ga yetgan va Huawei o‘z yurtida yaqqol peshqadamga aylangan. Apple esa bu chorakda 41,3 mln dona iPhone smartfonidan sotgan hamda jahon bozoridagi ulushi 12,1% ni tashkil qilgan.

Jahonning birinchi raqamli smartfon yetkazib beruvchisi degan nom ushbu chorakda ham Samsung kompaniyasida saqlanib qolgan. Janubiy koreyalik IT-ishlab chiqaruvchisi mazkur chorakning o‘zida 71,5 mln dona smartfon sotishga erishgan. Uning xalqaro smartfon bozoridagi ulushi 20,9% ni tashkil qilmoqda. O‘tgan yil bilan taqqoslaganda, Samsung ulushi 10,4% ga kamaygan. Demak, Huawei to‘g‘ri yo‘ldan bormoqda va uning o‘rnini tobora egallamoqda.

Bir yil avval Huawei rasman smartfon sotishda Apple hamda Samsung kompaniyalarini dog‘da qoldirishini ma’lum qilgan edi. Hozir esa rejaning yarmi amalga oshirildi.

Shuningdek, jahon bozorida smartfon sotishda to‘rtinchi o‘rinlarda Xiaomi hamda Oppo brendlari ham bor.

Manba: terabayt.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!