Angren shahrida Kukmin universitetini ochish bo‘yicha kelishuv imzolandi

Angren shahrida Kukmin universitetini ochish bo‘yicha kelishuv imzolandi

28 fevral kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.Majidov Janubiy Koreyaning Kukmin universiteti vise-prezidenti O Seong Xoni qabul qildi. 

Uchrashuv davomida Angren shahrida Kukmin universitetini ochish bo‘yicha dastlabki kelishuv imzolandi. 

Yangi tashkil etiladigan oliy ta’lim muassasasida muhandislik, elektron muhandislik va informatika, axborot xavfsizligi, arxitektura, dizayn, biznes boshqaruvi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim berilishi ko‘zda tutilgan. 

Qayd etish lozim, Kukmin universitetiga 1946 yilda asos solingan bo‘lib, bugungi kunda uning tarkibida 15 ta fakultet faoliyat yuritib kelmoqda.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!